OAK sayti » Yangiliklar » Oliy attestatsiya komissiyasida o‘tkaziladigan seminarlar to‘g‘risida axborot
 
12 apr 2013

Oliy attestatsiya komissiyasida o‘tkaziladigan seminarlar to‘g‘risida axborot

Kategoriya: Yangiliklar

  O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomlar belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

   OAK tomonidan mazkur nizomlarni amaliyotga joriy etish yuzasidan maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, manfaatdor vazirliklar va idoralarga «Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom» talablariga muvofiq holda ilmiy kengashlar tizimini shakllantirish yuzasidan tegishli hujjatlarni belgilangan tartibda OAKga taqdim etilishini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari Kompleksining 2013 yil 5 apreldagi 83-sonli bayoni (08.04.2013y., №07-07-1-18) topshirig‘i ijrosi yuzasidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasi bo‘yicha tushuntirish va targ‘ib qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

 

  Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasini OAK nizomlari asosida tashkil etishni ta’minlash maqsadida 2013 yilning aprel oyida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ishchi seminarlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu seminarlarni ishchan va interfaol darajada o‘tkazish maqsadida ular quyidagi fanlar yo‘nalishida o‘tkaziladi:

aniq fanlar yo‘nalishida – 16.04.2013 yil, soat 15.00.da

tabiiy fanlar yo‘nalishida – 17.04.2013 yil, soat 15.00.da

ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida – 18.04.2013 yil, soat 15.00.da.

(OAK binosi, 23-xona. Tel. 2337923, 2332883).

 

  Seminarlarga oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy kotiblari, tegishli mutaxassislar va qiziqish bildirgan tadqiqotchilar taklif etilgan.

Mazkur seminarlarda OAK rahbariyati va mas’ul xodimlari tegishli nizomlarning mohiyati,mazkur hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularga kiritilgan asosiy o‘zgartirishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot beradilar.

Seminar interfaol usulda tashkil etilib, unda seminar qatnashchilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlari va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga malakali javoblar olishlari mumkin.

 

OAK Monitoring bo‘limi