OAK sayti » Matbuot » O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida
 
04 iyul 2014

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi to‘g‘risida

Kategoriya: Matbuot

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining navbatdagi majlisi 2014 yilning 4 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Rayosatning mazkur majlisida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4456-sonli Farmonida belgilangan vazifalar va talablarning to‘liq va so‘zsiz ijrosini ta’minlash yuzasidan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi chora-tadbirlar rejasining (16.04.2014y., №07/1-502) ijrosi to‘g‘risida;

    attestatsiya ishlarini ko‘rib chiqish;

    dissertatsiya ishlari ilmiy natijalari yuzasidan ilmiy maqolalar chop etilishi lozim bo‘lgan ilmiy jurnallar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish haqida;

    ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar dasturlarini tasdiqlash haqida;

    yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosi, fuqarolar murojaatlari va ijro intizomini mustahkamlash haqida;

    2014 yil chora-tadbirlar rejalarining birinchi yarim yillikdagi ijrosi hamda OAK 2014 yilning ikkinchi yarim yillik ish rejasi haqida.