OAK sayti » Matbuot » “Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar to‘g‘risida
 
23 iyun 2014

“Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar to‘g‘risida

Kategoriya: Matbuot

“Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar to‘g‘risida

 

    Joriy yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentiga kiruvchi vazirliklar va idoralar rahbariyati, ijro intizomi uchun mas’ul xodimlari ishtirokida “Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini mustahkamlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

   Mazkur seminar rejasiga muvofiq Oliy attestatsiya komissiyasidan Bosh ilmiy kotib A.D.Daminov, Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i B.A.Shamuratov va yuridik maslahatchisi M.M.Masaidovalar ishtirok etdilar.

   Seminarda vazirlik va idoralarda ish yuritish va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha mavjud tartib talablariga amal qilishning ahvoli,  O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Hukumat qarorlarining bajarilishini maqsadli o‘rganish yakunlari va hujjatlar bilan ishlash monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan majlis bayonlari topshiriqlarining ijrosi monitoringi xususida, shuningdek “Fuqarolar murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari ijrosining holati va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish xususida fikrlar almashinildi.