OAK sayti » Matbuot » Qoraqalpoq davlat universiteti va Urganch davlat universitetlarida “Intellektual yoshlar – fan va ta’lim” mavzusida bo‘lib o‘tgan anjuman to‘g‘risida
 
16 iyun 2014

Qoraqalpoq davlat universiteti va Urganch davlat universitetlarida “Intellektual yoshlar – fan va ta’lim” mavzusida bo‘lib o‘tgan anjuman to‘g‘risida

Kategoriya: Matbuot

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2014 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 fevraldagi 32-son majlis bayoni bilan tasdiqlangan harakat rejasining 75-bandiga muvofiq  joriy yilning 11-12 iyun kunlari Qoraqalpoq davlat universiteti va Urganch davlat universitetlarida “Intellektual yoshlar – fan va ta’lim” mavzusida seminar-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, iqtidorli talabalar hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ularni attesattsiyadan o‘tkazish tizimining mutasaddilari, jami 120 nafar kishi ishtirok etdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i B.Shamuratov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF–4456-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 365-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga oid taqdimot bilan ishtirok etdi.

    Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili F.Raximov hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Yosh olimlar kengashi raisi P.Oteniyazovlar ishtirok etdilar va ma’ruza qildilar.

Uchrashuv doirasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimi hamda ilm-fan sohasida yosh olimlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.