OAK sayti » Matbuot » Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan seminar to‘g‘risida
 
02 iyun 2014

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan seminar to‘g‘risida

Kategoriya: Matbuot

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishni tubdan yaxshilash tadbirlariga bag‘ishlangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

    Mazkur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2014 yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida seminar o‘tkazilib, unda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi  huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi mutaxassisi “Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoya qilish usullari va vositalari” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.