OAK sayti » Matbuot » “O‘ZBEKISTONDA GEOLOGIYA SOHASIDA YUQORI MALAKALI KADRLARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI VA HOLATI” MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMANI TO‘G‘RISIDA
 
20 dek 2013

“O‘ZBEKISTONDA GEOLOGIYA SOHASIDA YUQORI MALAKALI KADRLARNI TAYYORLASHNING DOLZARB MASALALARI VA HOLATI” MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMANI TO‘G‘RISIDA

Kategoriya: Matbuot

“O‘zbekistonda geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning dolzarb masalalari va holati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani to‘g‘risida

 

    Joriy yilning 20 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineralogiya resurslari davlat qo‘mitasida “O‘zbekistonda geologiya sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning dolzarb masalalari va holati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

    Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissisi raisi G‘.A.Baxadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attes­tatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-son Farmoniga muvofiq 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab Respub­likamizda umum qabul qilingan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy etilishi munosabati bilan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar va navbatdagi vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

    Anjumanda I.B.To‘ramuratov, M.U.Isoqov, B.A.Abdullaev, B.A.Isaxodjaev, M.K.Turapov va boshqalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.  

Tahririyat