OAK sayti » Matbuot » O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan anjuman to‘g‘risida
 
14 fev 2014

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan anjuman to‘g‘risida

Kategoriya: Matbuot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishning holati va istiqbollari” mavzuidagi anjuman to‘g‘risida

 

    Joriy yilning 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishning holati va istiqbollari” mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.

   Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi bosh ilmiy kotibi A.D.Daminov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 365-sonli qarori ijrosi yuzasidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’ruza qildi.

   Anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi - U.Xaitov, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati rahbari - O.R.Parpiev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari - B.Sh.Usmonov va Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi - B.T.Ibragimovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

    Anjuman doirasida qizg‘in savol-javoblar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

 

Tahririyat