Bo'limlar


1. Kotibiyat

 

  • fizika-matematika fanlari bo‘yicha bosh inspektor - Mirsaatov Ravshanbek Muminovich
  • kimyo, biologiya va geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha bosh inspektor – Xo‘jakulov Axtam Pardaboyevich;
  • texnika fanlar bo‘yicha bosh inspektor – Xalikov Sodikjon Salixdjanovich
  • qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha bosh inspektor – Shamsiev Akmal Sadirddinovich;
  • ijtimoiy fanlar bo‘yicha bosh inspektor – To‘xtabekov Kozimbek Azimbekovich;
  • tibbiyot fanlari bo‘yicha bosh inspektor – Zufarov Aziz Alimovich

 

Asosiy vazifalari:

  • faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga muvofiqligi yuzasidan shaxsan javob beradi va OAK Rayosati majlisida belgilangan tartibda hisobot beradi;
  • yuqori tashkilotlar qaror va topshiriqlari hamda tegishli hisobotlarni o‘z yo‘nalishida muddatida sifatli ijrosini ta’minlaydi;
  • o‘z yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatiga kiritiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, Rayosat a’zolarini tegishli materiallar bilan tanishtiradi;
  • mas’ul bo‘lgan ekspert kengashlari ishini tashkil etadi. Ularning majlislari jadvali va kun tartibini tuzadi, bayonnoma va hujjatlarni tayyorlashni nazorat qiladi va sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
  • tegishli ravishda respublikada himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari ma’lumotlar elektron bankini shakllantirish va mavzularni chuqur tahlil qilish, shuningdek, fan tarmoqlari va ixtisosliklar kesimida fan doktorlari elektron ma’lumotlar bankini yuritish, uni muntazam yangilab borish hamda jahon ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti tendentsiyalari va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda ixtisosliklar kesimida istiqbolda bajariladigan dolzarb va talab etiluvchi mavzular ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlarini tashkil qiladi;
  • tegishli ravishda fan tarmoqlari va ixtisosliklar kesimida fan dok-torlarining elektron ma’lumotlar bankini yuritish va uni muntazam yangilanib borishni tashkil etadi;
  • fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash (bir martalik ilmiy kengash)larni tuzish va ular faoliyati bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishni tashkil etadi.

 

2. Monitoring bo'limi

 

    Bo‘lim boshlig‘i: Zulunov Sotvoldi Mamatovich

    Bosh mutaxassislar: Inoyatova Yulduz Abduvaxabovna

                                  Soipova Malohat Latipovna

    tel.: 236-29-70, e-mail: info@oak.uz

 

Asosiy vazifalari:

  • bo‘limga yuklangan vazifalarning to‘la va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
  • yuqori tashkilotlar qaror va topshiriqlarini hamda tegishli hisobotlarni o‘z yo‘nalishida muddatida sifatli ijrosini ta’minlaydi;
  • bo‘lim yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatiga kiritiladigan hujjatlarni tayyorlashni tashkil etadi va uning majlislari bayonnomalarini rasmiylashtiradi. Tegishli hujjatlar va hisobotlarni, jumladan, elektron ma’lumotlarni o‘z muddatida sifatli tayyorlanishi uchun shaxsan javob beradi;
  • doktorlik dissertatsiyalari mavzulari monitoringini tashkil etadi;
  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlari tizimida kadrlar tayyorlash sifati monitoringini tashkil etadi;
  • ilmiy maslahatchilik instituti monitoringini tashkil etadi;
  • talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarni olib borishga layoqatini aniqlash bo‘yicha test sinovlari monitoringini tashkil etadi;
  • malakaviy imtihonlarni tashkil etish ishlarini tartibga soladi;
  • normativ-huquqiy hujjatlar monitoringini olib boradi;
  • oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasi sohasida muvofiqlashtiruvchilik faoliyati monitoringini tashkil etadi;
  • oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasi yuzasidan xalqaro hamkorlik faoliyati monitoringini olib boradi;
  • Davlat yil dasturlari ijrosi monitoringini tashkil etadi.

Diplom va attestat berish kunlari: 

                       Seshanba:    10:00 - 14:00
                       Payshanba:  10:00 - 14:00

                       

Hujjatlar qabul qilish kunlari:  

                       Seshanba:    10:00 - 14:00

                       Payshanba:  10:00 - 14:00

                       tel.: 236-29-70, e-mail: info@oak.uz

 

 

3. Axborot-tahlil bo'limi

 

    Bo‘lim boshlig‘i: Shamuratov Baxtiyar Aytbayevich

    Bosh mutaxassis: Kuchkarov Timur 

    tel.: 233-78-05, stat@oak.uz 

 

Asosiy vazifalari:

  • bo‘limga yuklangan vazifalarning to‘la va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
  • yuqori tashkilotlar qaror va topshiriqlarini hamda tegishli hisobotlarni o‘z yo‘nalishida muddatida sifatli ijrosini ta’minlaydi;
  • bo‘lim yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosatiga kiritiladigan hujjatlarni tayyorlashni tashkil etadi. Tegishli hujjatlar va hisobotlarni, jumladan, elektron ma’lumotlarni o‘z muddatida sifatli tayyorlanishi uchun shaxsan javob beradi;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, axborot resurslari va ma’lumotlar bazasi konfidentsialligi, butunligi, saqlanishi va axborot xavfsizligi hamda elektron ma’lumotlar bazasining yuritilishi va sifatiga mas’ul hisoblanadi;
  • AKT bo‘yicha tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxati va ularning to‘liq matnlari elektron bazasini yuritish hamda elektron hujjatlari tarkibi va ular bo‘yicha hisobotlarni olib borish, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish tarkibi, veb-sayt va Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan barcha interaktiv davlat xizmatlari bo‘yicha foydalaniladigan reglamentlar va pasportlarni yuritishni tashkil etadi;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
  • veb-sayt, Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan barcha interaktiv davlat xizmatlari, E-xat va E-hujjat tizimlari faoliyatini mas’ul xodimlar bilan birgalikda bevosita amalga oshiradi. Ma’lumotlar elektron bazasi yuritilishini tashkil etadi;
  • attestatsiya ishlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni, jumladan, annotatsiyalarni doktorlik dissertatsiyalari ma’lumotlar elektron bazasiga muntazam ravishda kiritilishini ta’minlaydi. Attestatsiya ishlarining ko‘rilish muddatlari monitoringi va statistikasining olib borilishini nazorat qiladi.

4. Buxgalteriya

 

    Bosh buxgalter: Isroilov Zohid Baratovich

    1-toifali buxgalter: Ponomaryova Svetlana Valeryevna

    tel.: 233-11-43, e-mail: info@oak.uz

 

Asosiy vazifalari:

  • Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq holda OAKda buxgalteriya ishini tashkil etadi va ularga shaxsan javob beradi;
  • byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi hamda ularning hisob-kitobini olib boradi;
  • xarajatlar smetasini va shtatlar jadvalini tuzadi hamda ularni barcha ilovalar bilan to‘liq holda G‘aznachilik va Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazadi. O‘z vaqtida oylik, chorak va yillik hisobotlarni Moliya vazirligiga topshiradi;
  • xodimlarga oylik maoshini o‘z vaqtida berilishini tashkil etadi;
  • rivojlanish fondi buxgalteriya hisobi va hisobotini tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan olib boradi;
  • soliq inspektsiyasi, statistika boshqarmasi, bank va nafaqalar jamg‘armasiga hisobotlar tayyorlaydi va topshiradi;
  • mulk hisob-kitobini olib boradi. Asosiy vositalarni qayta baholaydi hamda buxgalteriya hisobi va hisoboti hujjatlarida aks ettiradi. Mulkni saqlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qiladi;
  • moliyaviy yil oxirida OAK mulkini inventarizatsiyasini o‘tkazadi. Belgilangan tartibda jismoniy va ma’naviy eskirgan mol-mulkni hisobdan chiqarishni tashkil etadi.


Qabul qilish vaqti: 

                       Seshanba:  15:00 - 17:00
                       Payshanba: 15:00 - 17:00

5. Yuridik maslahatchi

                       Yadgarov Q.

Asosiy vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi OAK faoliyatini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga yuridik jihatdan muvofiqligini ta’minlaydi. Yuridik xizmati nizomiga muvofiq tegishli vazifalarni bajaradi;
  • tayyorlangan tegishli barcha hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, tegishli hollarda ularga huquqiy xulosa beradi va ularning to‘g‘riligiga shaxsan javob beradi;
  • barcha shartnomalarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga yuridik jihatdan muvofiqligiga xulosa beradi.

Qabul qilish vaqti: 

                       Dushanba:    14:00 - 17:00

                       Seshanba:    14:00 - 17:00 

                       Chorshanba: 14:00 - 17:00

                       Payshanba:   14:00 - 17:00
                       Juma:           14:00 - 17:00 

                       e-mail: info@oak.uz

  

6. "OAK byulleteni" jurnali 

 

 "OAK byulleteni" jurnali mas'ul kotibi qabul qilish vaqti: 
                       Seshanba:  15:00 - 17:00
                       Payshanba: 15:00 - 17:00

                       e-mail: info@oak.uz


Qaytish