Rahbariyat


Yusupov Axmadbek Tadjiyevich

Lavozimi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi

 

Qisqa biografiya 

 

Yusupov Axmadbek Tadjiyevich – 1958 yilda Toshkent shahrida to‘g‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

 

1979 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1979 yilda Toshkent Charm va sport buyumlari ishlab-chiqarish birlashmasi katta hisobchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur tashkilotda iqtisodchi-moliyachisi lavozimida ishlagan.

1982-1984 yillarda Toshkent shahar Shayhontoxur tumani yoshlar ittifoqi qo‘mitasi noziri, 1984-1985 yillarda Toshkent Charm va sport buyumlari ishlab-chiqarish birlashmasi muhandis-texnologi, 1985-1994 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish kengashi kichik, katta, yetakchi, bosh ilmiy xodimi, bo‘lim mudiri, 1994-1997 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 1997-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi Bosh tashkiliy-tahliliy boshqarmasi boshlig‘i, 2014-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

 

A.T.Yusupov “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 325-sonli qaroriga muvofiq A.T.Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimiga tayinlangan.

  

Asosiy vazifalari: 

  • O‘zbekiston Respublikasi OAK vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda OAKga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosati ishiga rahbarlik qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK ekspert kengashlari, bo‘limlari va bo‘linmalari faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
  • doktorlik dissertatsiyalari ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash ishlarini tashkillashtiradi;
  • oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi OAK qarorlarini, ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi diplomlarni va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi attestatlarni imzolaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK apparatining xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

   Tel: (99895) 146-28-83,

   e-mail:  info@oak.uz

 

   Qabul qilish vaqti:

 

   Dushanba-Juma:   08:00 - 11:00

 

   

Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich

Lavozimi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Bosh ilmiy kotibi

 

Qisqa biografiya 

 

Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich – 1964 yilda Toshkent shahrida to‘g‘ilgan. Ma’lumoti oliy, texnika fanlari doktori, professor.

 

1986 yilda Toshkent davlat unversitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1986 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboranti lavozimida boshlagan. Keyinchalik ushbu tashkilotda katta muhandis lavozimida ishlagan.

1988-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘rozboyev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti aspiranti, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, doktoranti, yetakchi ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi, 2002-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining fizika-matematika va texnika fanlari bo‘yicha vitse-prezidenti xizmati rahbari, 2005-2008 yillarda Toshkent avtomobil - yo‘llar institutining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2008-2018 yillarda Toshkent avtomobil - yo‘llar institutida kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 fevraldagi 80-sonli qaroriga muvofiq A.A.Shermuxamedov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Bosh ilmiy kotibi lavozimiga tayinlangan.

 

 Asosiy vazifalari: 

  • himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha bosh inspektorlar kiradigan Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  • fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi OAKga taqdim etilgan attestatsiya ishi (hujjatlari), dissertatsiya va uning avtoreferati, ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar bayonnomasi, rasmiy opponentlar taqrizlari, bosh inspektorlar tomonidan berilgan me’yoriy-texnik ekspertiza natijasi hamda doktorlik dissertatsiyasiga berilgan ekspert xulosasi va ekspert kengashi qarorining O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi;
  • bosh inspektorlar faoliyatini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ekspert kengashlari majlislari jadvalini tuzishni tashkil etadi va tasdiqlaydi. Ekspert kengashlari qarorlari, xulosalari va takliflarining O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va hujjatlarning muddatida sifatli tayyorlashni, shuningdek, Tartib-qoida komissiyasiga kiritiladigan hujjatlarni nazorat qiladi;
  • ilmiy unvonlar berish bo‘yicha taqdim etilgan attestatsiya ishlari, ular ekspertizasi bo‘yicha berilgan xulosa va ekspert kengashlari tavsiyalarining OAK talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi;
  • normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va yangi tahririni tayyorlash hamda tasdiqlashga taqdim etish ishlarini tashkil etadi. Ixtisosliklar pasportining yangi tahririni tayyorlash, ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ishlarini tashkil etadi.

 

   Tel: ,

   e-mail:  info@oak.uz

 

   Qabul qilish vaqti:

 

   Dushanba-Juma:   08:00 - 11:00


Qaytish