O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI


O`zbekiston Respublikāsining Dāvlāt mādhiyasi O`zbekiston Respublikāsi Dāvlāt suverenitetining rāmzidir.
O`zbekiston Respublikāsining Dāvlāt mādhiyasigā zo`r ehtirom bilān qārāsh O`zbekiston Respublikāsi hār bir fuqārosining vātānpārvārlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so'zi

Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

Naqorat:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Qaytish