OAK sayti » Ma'lumotlar » Rahbariyat
 
13 may 2013

Rahbariyat

Kategoriya: Ma'lumotlar

1. Oliy attestatsiya komissiyasi raisi - Yusupov Axmadbek Tadjievich

 

Yusupov Axmadbek Tadjievich, 1958-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1979-yili Toshkent xalq xo'jaligi institutini tugatgan. Iqtisod fanlari doktori, professor. 2015-yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimiga tayinlangan.

 

1975-1979 yy. - Toshkent xalq xo'jaligi instituti talabasi

1979-1982 yy. - Toshkent Charm va sport buyumlari ishlab-chiqarish birlashmasi katta hisobchisi, iqtisodchi-moliyachisi

1982-1984 yy. - Toshkent shahar Shayhontoxur tumani yoshlar ittifoqi qo'mitasi noziri

1984-1985 yy. - Toshkent Charm va sport buyumlari ishlab-chiqarish birlashmasi muhandis-texnologi

1985-1994 yy. - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ishlab chiqarish kuchlarini o'rganish kengashi kichik, katta, etakchi, bosh ilmiy xodimi, bo'lim mudiri

1994-1997 yy. - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

1997-2000 yy. - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi Bosh tashkiliy-tahliliy boshqarmasi boshlig'i

2000-2004 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta'lim va ijtimoiy muammolar masalalari bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti

2004-2005 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta'lim, sog'liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo'yicha Davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti

2005-2013 yy. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Bosh ilmiy kotibi

2013-2014 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta'lim, sog'liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo'yicha Davlat maslahatchisi o'rinbosari

2014-2015 yy. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi

2015-2015 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta'lim, sog'liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo'yicha Davlat maslahatchisi

2015 y. - h.v. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi

  

Asosiy vazifalari: 

  • O‘zbekiston Respublikasi OAK vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda OAKga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK Rayosati ishiga rahbarlik qiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK ekspert kengashlari, bo‘limlari va bo‘linmalari faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
  • doktorlik dissertatsiyalari ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash ishlarini tashkillashtiradi;
  • oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi OAK qarorlarini, ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi diplomlarni va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi attestatlarni imzolaydi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK apparatining xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi OAK apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

   Tel: (99871) 233-28-83,

   e-mail:  info@oak.uz, info@vak.uz

 

   Qabul qilish vaqti:

 

   Seshanba:   15:00 - 18:00

  

   Juma:         15:00 - 18:00

 

 

  

2. Bosh ilmiy kotib –  

 

 

 Asosiy vazifalari: 

  • himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha bosh inspektorlar kiradigan Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi;
  • fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi OAKga taqdim etilgan attestatsiya ishi (hujjatlari), dissertatsiya va uning avtoreferati, ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar bayonnomasi, rasmiy opponentlar taqrizlari, bosh inspektorlar tomonidan berilgan me’yoriy-texnik ekspertiza natijasi hamda doktorlik dissertatsiyasiga berilgan ekspert xulosasi va ekspert kengashi qarorining O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi;
  • bosh inspektorlar faoliyatini tashkil etadi va nazorat qiladi. Ekspert kengashlari majlislari jadvalini tuzishni tashkil etadi va tasdiqlaydi. Ekspert kengashlari qarorlari, xulosalari va takliflarining O‘zbekiston Respublikasi OAK talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi va hujjatlarning muddatida sifatli tayyorlashni, shuningdek, Tartib-qoida komissiyasiga kiritiladigan hujjatlarni nazorat qiladi;
  • ilmiy unvonlar berish bo‘yicha taqdim etilgan attestatsiya ishlari, ular ekspertizasi bo‘yicha berilgan xulosa va ekspert kengashlari tavsiyalarining OAK talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadi;
  • normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va yangi tahririni tayyorlash hamda tasdiqlashga taqdim etish ishlarini tashkil etadi. Ixtisosliklar pasportining yangi tahririni tayyorlash, ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ishlarini tashkil etadi.

 

   Tel: (99871) 233-43-05,

   e-mail:  info@oak.uz, info@vak.uz

 

   Qabul qilish vaqti:

 

   Dushanba:    15:00 - 18:00

 

   Chorshanba: 15:00 - 18:00