OAK sayti » Ma'lumotlar » OAK ro'yxatiga kiritilishi mumkin bo'lgan mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarga qo'yiladigan talablar
 
06 may 2013

OAK ro'yxatiga kiritilishi mumkin bo'lgan mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarga qo'yiladigan talablar

Kategoriya: Ma'lumotlar

Respublika nashrlari uchun

 

1. Nashrning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi.

2. Nashrning tegishli fan tarmog‘i yo‘nalishida ixtisoslashgan bo‘lishi.

3. Tegishli hollarda ilmiy maqolalarni chop etish bo‘yicha ilmiy rukunning mavjudligi.

4. ISSN (seriyali nashrning xalqaro standart raqami) ro‘yxatga olish raqamining mavjudligi.

5. Jurnalning rasmiy veb-sayti yoki veb-sahifasining mavjudligi [1].

6. Chop etiladigan materiallarni taqrizdan o‘tkazishning majburiyligi (zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi OAK so‘rovi asosida tegishli taqrizni taqdim etishning majburiyligi).

7. Tahririyat a’zolari tarkibida tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha kamida 3 nafar fan doktori ilmiy darajasiga ega mutaxassisning mavjudligi.

8. Chop etiladigan ilmiy maqola quyidagi talablarga javob berishi kerak:

– o‘zbek, ingliz va rus tillarida qisqacha annotatsiyaning mavjudligi; tayanch so‘z va iboralarning berilganligi;

 foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro‘yxatining keltirilishi va ilmiy maqolaning kamida 0,25 b.t. hajmda bo‘lishi [2];

– muammoning qo‘yilishi; materialning nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxtaligi; manbalarning ishonchliligi; muammo, xulosa, taklif va tavsiyalarning asosliligi.

 

Xorijiy nashrlar uchun

 

1. Nashrning tegishli fan tarmog‘i yo‘nalishida ixtisoslashgan bo‘lishi.

2. ISSN ro‘yxatga olish raqamining mavjudligi.

3. Jurnalning rasmiy veb-sayti yoki veb-sahifasining mavjudligi.

4. Chop etiladigan materiallarni taqrizdan o‘tkazilishi.

5. Nashr tahririyat a’zolari tarkibida tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha mutaxassislarning mavjudligi.

6. Chop etiladigan ilmiy maqolada muammoning qo‘yilishi; materialning nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxtaligi; manbalarning ishonchliligi; muammo, xulosa, taklif va tavsiyalarning asosliligi bo‘lishi kerak.

 

Izoh: Impakt-faktorga ega jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar, ro‘yxatdagi jurnallarda chop etilgan maqolalar sifatida qabul qilinadi.

 


[1] Mazkur talab 2013-yilning sentyabr oyidan boshlab amal qiladi.

[2] Mazkur talablar 2013-yilning sentyabr oyidan boshlab to‘liq amal qiladi.